Kamoliddin Tojiyev: «Qizil kartochkaga qadar bellashuv juda keskin bo‘ldi»
«Nasaf» bilan o‘yindan so‘ng «Paxtakor» bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Kamoliddin Tojiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
– Bugun o‘yinning borishi o‘zgarib turishiga guvoh bo‘ldik. Biz yaxshi boshladik, ikkita tez gol urdik. Lekin keyin raqib ustunlikka erishdi va hisobni tenglashtirdi. Yana biz oldinga chiqdik va qizil kartochkaga qadar bellashuv juda keskin bo‘ldi. Chetlatishdan so‘ng biz tashabbusga ega chiqib, bahs taqdirini hal qildik. Bugun biz himoyada yaxshi o‘ynay olmadik. Aynan ko‘p gol o‘tkazganimiz xavotirga soladi. Buning ustida mehnat qilishimiz kerak. Yigitlar ko‘p narsaga qodir. Ular ruhiy tushkunlikdan chiqib ketishlari lozim. Bu borada yana ular bilan suhbatlashamiz. Tez orada Xolmatov, Flamarion, Hamdamov safga qaytishadi. Bugun Abdullayev hamda Bo‘riyev o‘yinga qaytishdi.
Manba: pakhtakor.uz
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/