«Tottenxem» sobiq sport direktorini yana jamoaga qaytaradi
«Tottenxem»ning sobiq sport direktori Fabio Paratichi o‘z lavozimiga qaytishga yaqin turibdi, deb xabar berdi insayder Nikolo Skira.
Avvalroq, u «Milan»dagi xuddi shunday lavozimga asosiy da’vogar ekani xabar qilingandi.
Paratichi 2023 yilda moliyaviy firibgarlik ishi bo‘yicha diskvalifikasiya qilingani va mutaxassis avval ishlagan «Yuventus» kapitalini oshirish qoidalarini buzgani uchun London klubini tark etgandi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/