«Liverpul» «Atletiko» yulduziga e’tibor qaratmoqda

«Liverpul» «Atletiko» hujumchisi Xulian Alvaresni bo‘lajak transfer oynasidagi asosiy vazifalaridan biri deb hisoblaydi.

Manbaga ko‘ra, «Liverpul» Alvaresni qo‘lga kiritish uchun hamma narsaga tayyor. Kelishuvda puldan tashqari, hozirgi tarkib futbolchilaridan biri masalan, Darvin Nunyes transferi ham bo‘lishi mumkin.

25 yoshli argentinalik futbolchi mavsumni ajoyib o‘tkazmoqda, u Madrid klubi safida 51 ta o‘yinda 27 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter