«Arsenal» va «PSJ» A Seriya futbolchisi uchun kurashmoqda
Huquqlari «Roma»ga tegishli bo‘lgan 25 yoshli himoyachi Evan N’Dika transfer bozorida talabga ega.
The Mirror tabloidining yozishicha, afrikalik futbolchi bilan ikki top-klub qiziqish bildirmoqda. Gap «PSJ» va «Arsenal» klublari haqida ketmoqda. Futbolchining ehtimoliy transfer summasi 30-40 million yevroga baholanmoqda.
Joriy mavsumda N’Dika 47 ta o‘yinda ishtirok etib, bitta gol va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Himoyachining Rim klubi bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning iyun oyi oxirida tugaydi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/