«Manchester Yunayted» hujumchi bilan muzokaralarni boshlab yubordi

Leverkuzenning «Bayer» klubi markaziy hujumchisi Patrik Shik keyingi mavsumda «Manchester Yunayted»ning transfer maqsadi hisoblanadi. Bu haqda Germaniyaning Sky Sports nashri jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, mankunianliklar allaqachon chexiyalik hujumchi vakillari bilan muzokaraga kirishgan. Shikning transfer qiymati 25-30 million yevroga baholanmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2027 yilning yozida yakuniga yetadi.

Germaniya Bundesligasining joriy mavsumida 29 yoshli hujumchi 28 o‘yin o‘tkazib, 19 gol urgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter