«Chelsi» hujumchisiga «Arsenal» va «Barselona» qiziqish bildirmoqda
“Chelsi”ning fransiyalik hujumchisi Kristofer Nkunku yozgi transfer oynasida klubini o‘zgartirishi mumkin.
Manbaga ko‘ra, Angliyaning boshqa jamoasi «Arsenal» hujumchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. «Kanonirlar» Kristofer jamoa ustozi Mikel Artetaning taktik sxemalariga mos kelishiga ishonishmoqda. Bundan tashqari, Nkunku transferiga «Barselona» ham qiziqmoqda.
Hujumchining transfer qiymati 45 million yevroga baholanmoqda. Joriy mavsumida Nkunku 42 ta o‘yin o‘tkazib, 14 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/