Bundesliganing top-klubi darvozaboni kelajagi haqida gapirdi
Bundesliganing top-klublaridan birining darvozaboni kelajagi haqida gapirdi.
«RB Leypsig» darvozaboni Peter Gulashi klub bilan shartnomasini uzaytirmoqchi. Ammo “buqalar” yoshroq voris tayyorlamoqda.
«Butun oila o‘zini qulay his qilmoqda. O‘z navbatida, bu bir yildan ko‘proq davom etishini yaxshi tasavvur qila olaman», – dedi darvozabon.
Peter Gulashi 2015-yildan beri «RB Leypsig»da to‘p tepmoqda. Ayni paytda 34 yoshli darvozabon «buqalar» safida 337ta o‘yin o‘tkazgan.
Futbolchining klub bilan shartnomasi 2026 yilgacha amal qiladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/