«Manchester Siti» yulduz darvozabon xaridi uchun 40 million yevro yetarli bo‘lishiga ishonmoqda
«Manchester Siti» Diogu Koshta transferi ustida ishlamoqda.
Jurnalist Santi Auna xabariga ko‘ra, «Portu» darvozaboni allaqachon APL klubiga o‘tishga rozilik bergan.
«Shaharliklar» Koshta bilan taxminan 40 mln yevro evaziga shartnoma imzolashga umid qilmoqda. Shu bilan birga, darvozabonning agenti Jorje Mendesh transferni tovon pulidan pastroqqa kelishib olishga harakat qilmoqda – hozirda tovon puli 60 mln yevroni tashkil etadi.
Avvalroq, Koshtaga «Manchester Yunayted» va «Chelsi» ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/