Netu g‘alaba goli haqida fikr bildirdi

Londonning “Chelsi” klubi vingeri Pedro Netu Angliya Premyer-ligasining 33-turida “Fulxem”ga qarshi o‘yinda (2:1) urgan goli haqida gapirdi. Hujumchi 90+3-daqiqada gol urib jamoasiga g‘alaba keltirdi.

«Men to‘pni qo‘lga kiritgach, orqaga o‘girilib, unga imkon qadar kuchli zarba berdim va u darvozaga kirib ketdi. Birinchi holatda Leno aql bovar qilmaydigan seyv amalga oshirdi va men shunchalik xafa bo‘ldimki, ikkinchi holatda zarbaga bor kuchimni sarflashga to‘g‘ri keldi. Shuning uchun ham jamoaga yordam bera olganimdan xursand bo‘ldim va biz uch ochko oldik», – dedi Netu.

Ushbu o‘yindan keyin «Chelsi» 57 ochko jamg‘arib, APL turnir jadvalida beshinchi o‘rinda bormoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter