Trent kelajagi haqidagi savolga javob berishdan bosh tortdi
«Liverpul»ning o‘ng qanot himoyachisi Trent Aleksander-Arnold «Lester» ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng (1:0) jurnalistlar bilan suhbatlashdi.
Aynan Trent «qizillar» safida 76-daqiqada gol urib, mehmonda g‘alaba keltirdi. O‘yindan so‘ng jurnalistlar futbolchining shartnomasi iyul oyida tugashini hisobga olib, unga kelajagi haqida yana bir savol berishdi.
«Men butun mavsum davomida shuni aytaman: o‘z vaziyatim haqida gapirmayman, tafsilotlarga to‘xtalib o‘tmayman. Gol urish, sovrinlar yutish – bu o‘ziga xos narsa, men bu jarayonning bir qismi bo‘lganimdan xursandman» – Trent Aleksandr-Arnold.
Uning «Liverpul»ni tark etishi va «Real»ga erkin agent sifatida qo‘shilishi haqida ko‘p mish-mishlar tarqalmoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/