La Liganing navbatdagi o‘yini uchun «Real»ning taxminiy tarkibi ma’lum bo‘ldi
Madridning «Real» klubi yakshanba kuni La Liga 32-turidan o‘rin olgan «Atletik»ni o‘z maydonida qabul qiladi.
Bellashuv Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanishi rejalashtirilgan. Marca xabariga ko‘ra, «qaymoqranglilar» safida Tibo Kurtua, himoyada Fran Garsiya, Antonio Ryudiger, Raul Asensio va Federiko Valverde harakat qiladi. Yarim himoya markazida Luka Modrich, Orelyen Tchuameni va Eduardo Kamavinga, yuqoriroqda Jud Bellingem joylashadi. Hujumchilar o‘rnini Rodrigo va Vinisius Junior egallaydi.
Eslatib o‘tamiz, Kilian Mbappe diskvalifikasiya tufayli uchrashuvni o‘tkazib yuboradi. Manbaga ko‘ra, Karlo Anchelotti o‘tgan mavsumda jamoaga muvaffaqiyat keltirgan formasiyaga qaytadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/