Garnacho Ronaldudan yaxshiroq statistikaga ega
Alexandro Garnacho «MYU»dagi dastlabki 3 mavsumida gollardan ishtirok etish bo‘yicha Krishtianu Ronaldudan yaxshiroq natija qayd etmoqda.
«Manchester Yunayted»dagi dastlabki uch mavsumida Krishtianu 34 ta golda ishtirok etgan (gol yoki golli uzatma).
Hali asosiy jamoadagi uchinchi mavsumini yakunlamagan Garnachoning hisobida 43 ta golli harakat bor.
Avvalroq «Qizil iblislar» 20 yoshli argentinalik futbolchini yozda transferlardan foyda olish maqsadida sotmoqchi ekanligi ma’lum bo‘lgandi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/