«Manchester Yunayted» Garnacho borasida Maskeranoga javob qaytardi

Argentina yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Xaver Maskerano vinger Alexandro Garnachoni futbol bo‘yicha Olimpiya o‘yinlarida ko‘rishni istadi.

Maskerano futbolchini qo‘yib yuborish iltimosi bilan «Manchester Yunayted»ga murojaat qilgani haqida ma’lumotlar bor edi. Mashhur jurnalist Gaston Edulning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, Garnacho Argentina olimpiya terma jamoasi uchun o‘ynamaydi.

«Manchester Yunayted» 19 yoshli futbolchini turnirga qo‘yishdan bosh tortdi. Aytish joizki, futbol bo‘yicha Olimpiya o‘yinlari FIFA musobaqalari ro‘yxatiga kiritilmagan. Shu sababdan klublar ushbu turnirga futbolchilarni qo‘yib yubormasligi mumkin.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter