Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyligiga asosiy nomzod nomi ma’lum bo‘ldi
“Al-Hilol” bosh murabbiyi Xorxe Jezus Braziliya terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlanishiga yaqin turibdi.
Braziliya futbol konfederasiyasi portugaliyalik mutaxassisning Ar-Riyod klubi bilan shartnomasini muddatidan oldin bekor qilgani uchun taxminan 2,5 million yevro to‘lashga tayyor. Konfederasiya u may oyidayoq jamoani qabul qilib olishiga umid qilmoqda.
Jezus Braziliya bilan JCH-2026 yakunigacha shartnoma imzolashi kutilmoqda va u Saudiya Arabistoni futbolida oladiganidan 80% kam maosh oladi, bu yerda ish haqi ko‘pincha xalqaro standartlardan ancha past bo‘ladi. Lekin u yuqori bonuslarga ega bo‘ladi.
Uning klub bilan shartnomasi 2025 yilning iyunida yakuniga yetadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/