«Yuventus» Makkenni bilan shartnomani uzaytirish borasida ijobiy fikrda
Tutto Juve xabariga ko‘ra, AQSH terma jamoasi yarim himoyachisi Ueston Makkenni va Italiya grandi «Yuventus» o‘rtasidagi shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar to‘g‘ri yo‘nalishda ketmoqda.
Tomonlar o‘rtasidagi aloqalar bir necha oydan beri davom etmoqda. Yangi kelishuv Makkennini 2028 yoki 2029 yilgacha Turinda qoldiradi va maoshi oshishini o‘z ichiga oladi.
Amerikalik futbolchi «Yuventus»ga 2020 yilda Germaniyaning «Shalke 04» jamoasidan kelib qo‘shilgan va o‘shandan beri «byankoneri» safida 171 o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol urgan va 18 ta golga assistentlik qilgan.
Joriy mavsum yarim himoyachi “Yuve” safida barcha turnirlar doirasidagi 37 ta o‘yinda 5 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/