Shesni: «Benfika» bilan birinchi o‘yinda bitta murakkab seyv amalga oshirdim»
«Barselona» darvozaboni Voysex Shesni Lissabonda «Benfika»ga qarshi ajoyib o‘yin o‘tkazganini tan olmayapti.
«Ko‘k-anorranglilar» 5 mart kuni bo‘lib o‘tgan nimchorak finalning birinchi o‘yinida «burgutlar»ni minimal hisobda mag‘lub etishdi. O‘sha uchrashuvning 22-daqiqasidayoq mehmonlar Pau Kubarsining chetlatilishi tufayli bir kishi kam bo‘lib qolishdi, ammo raqiblarga gol urishga imkon berishmadi – Shesni sakkizta zarbani qaytardi.
«To‘g‘risini aytsam, o‘shanda unchalik zo‘r emasdim, deb o‘ylayman, – deb eslaydi polyakning o‘zi. – Men bitta murakkab seyvni amalga oshirdim, qolgan barcha qutqarishlar o‘rtacha murakkablikda bo‘ldi. O‘ylashimcha, gap o‘yin ssenariysida: qizil kartochka va bizning o‘yin uslubimiz odamlarni darvozamdagi o‘yinimni diqqat bilan kuzatishga majbur qildi,» – deya Shesnining so‘zlarini keltiradi Barca Universal.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/