Jonatan Lukka: «Ertangi o‘yin Toshkentdagidan keskin farq qiladi, deb o‘ylayman»

Toshkentning «Paxtakor» klubi yarim himoyachisi Jonatan Lukka Elit Osiyo chempionlar ligasi nimchorak finalidan o‘rin olgan «Al-Hilol»ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.

«Ertangi bellashuv Toshkentdagidan keskin farq qiladi deb o‘ylayman. Raqib o‘yin boshidan shiddatli harakat qilishini kutyapmiz. Ularning tarkibida juda mahoratli futbolchilar bor. Biz uyushqoqlik bilan kamroq xatolarga yo‘l qo‘yishga intilishimiz lozim. Jamoa bilan o‘yinga yaxshi tayyorlandik va buni ko‘rsata olishga umid qilamiz», – dedi braziliyalik xavbek.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter