Chempionlar ligasi tarixidagi eng yaxshi darvozabon nomi malum bo‘ldi
Nufuzli GiveMeSport nashri Chempionlar ligasi tarixidagi eng yaxshi darvozabonlar reytingini tuzib chiqdi.
Ro‘yxatda birinchi o‘rinni “Bavariya” futbolchisi Manuel Noyer egalladi. U faoliyati davomida ikki marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan.
Ikkinchi o‘rin «Real»ning afsonaviy sobiq darvozaboni Iker Kasilyasga nasib etdi. U Chempionlar ligasining to‘rtta sovrinini qo‘lga kiritdi.
Kuchli uchlikni “Manchester Yunayted” faxriysi Edvin van der Sar yakunlab turibdi.
Reytingni tuzishda nafaqat mukofotlar soni, balki shaxsiy statistika, ekspertlar va jurnalistlarning fikrlari ham hisobga olindi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/