«Bavariya» Kimmix bo‘yicha hujjatlarni tayyorladi
«Bavariya» va Yozua Kimmix yangi kelishuvga yaqin turibdi.
Insayder Fabrisio Romanoning yozishicha, 30 yoshli yarim himoyachining yangi shartnomasi bo‘yicha barcha hujjatlar imzolashga tayyor.
Kimmix «Bavariya» bilan shartnomasini 2029 yilgacha uzaytiradi.
Futbolchi Myunxen klubida 2015 yildan buyon to‘p tepib kelmoqda. «Bavariya» tarkibida Kimmix 8 marta Germaniya chempioni bo‘lgan, shuningdek, 2019/20-yilgi mavsumda Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/