«Inter» so‘nggi 5 o‘yinning 4 tasida g‘alaba qozondi

«Inter» beshta o‘yindan buyon mag‘lub bo‘lmayapti.

Simone Indzagi jamoasi A Seriyaning 28-turida «Monsa» ustidan irodali g‘alabaga erishdi (3:2).

Bungacha milanliklar «Jenoa» (1:0), «Lasio» (2:0) va «Feyenoord»ni (2:0) mag‘lub etgan, «Napoli» bilan durang o‘ynagan (1:1).

11 mart kuni «Inter» Chempionlar ligasida Rotterdamliklarga qarshi javob o‘yinini o‘tkazadi, keyin esa Italiya chempionatida «Atalanta»ga qarshi maydonga tushadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter