Neymar Yevropaga qaytishi mumkin

Neymarning agenti braziliyalikning Yevropaga qaytishini ta’minlashga harakat qilmoqda.

Pini Zaxavi «Santos» yarim himoyachisi xizmatlarini «Barselona» va «Bavariya»ga taklif qildi, deb xabar beradi Diario Sport. Neymarning oilasi Kataloniya klubini futbolchi uchun ideal muhit deb biladi.

33 yoshli futbolchiga hozirda «Barsa» unchalik qiziqish bildirmayapti. Buning sabablaridan biri, kataloniyaliklar o‘z tarkibidagi xarajatlarni qisqartirishi kerak. Ammo transfer ehtimoli e’tibordan chetda qolmaydi.

«Bavariya» ham Neymarni asosiy maqsad deb hisoblamaydi.

Qayd etilishicha, Neymar APL klubiga o‘tish variantini ko‘rib chiqmayapti.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter