Faqat Trent emas: «Real» «Liverpul»ning yana bir yetakchisiga qiziqish bildirmoqda

Trent Aleksandr-Arnoldning «Liverpul«dan «Real«ga o‘tishi ehtimoli haqida matbuotda anchadan beri yozishmoqda. Madrid klubi 26 yoshli o‘ng qanot himoyachisi bo‘yicha kelishuvni yopishga ishonayotgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi. Shu bilan birga, «qaymoqranglilar»ga «qizillar»ning yana bir himoyachisi – Ibraima Konate qiziq. Bu haqda «Liverpool Confidential» nashriga tayanib, «Daily Mail» xabar bermoqda.

«Liverpul» hozircha Konate bilan shartnomani uzaytirish borasida kelishib olgani yo‘q. 25 yoshli fransuzning amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yilning yarmigacha mo‘ljallangan. «Real» yaqin yozda Konate bilan shartnoma imzolashga urinib ko‘rishi yoki futbolchini tekinga qo‘lga kiritish uchun bir yil kutishi mumkin.

Nufuzli «Transfermarkt» portali Konateni 50 million yevroga baholamoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter