Leau «Milan»ning so‘nggi muvaffaqiyatsizliklari haqida fikr bildirdi
Rafael Leau «Milan«ning muvaffaqiyatsiz natijalari haqida fikr bildirdi.
Kecha «rossonerilar» A Seriyasining 27-turida «Lasio«ga 1:2 hisobi bilan mag‘lub bo‘ldi. Bu milanliklarning ketma-ket uchinchi mag‘lubiyati bo‘ldi.
«Afsuski, biz hamma narsaga va hammaga qarshi kurashmoqdamiz. Ijobiy natijalarga qaytish vaqti keldi, jamoa hech qachon bo‘lmaganidek jipslashishi kerak!» – deb yozdi portugaliyalik qanot hujumchisi o‘yindan so‘ng «Instagram» sahifasida.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/