La Liga prezidenti Neymarning «Barselona»ga qaytish imkoniyatini baholadi

La Liga prezidenti Xavyer Tebas «Barselona» klubining sobiq hujumchilari Lionel Messi va Neymarning «Kamp Nou»ga qaytish imkoniyatiga baho berdi.

«O‘ylaymanki, Messi «Barselona»ga qaytishni xohlaydi, chunki u u yerda ko‘p yillar o‘tkazgan. Men uning qaytishiga to‘liq ishonaman. Balki, futbolchi sifatida, lekin Messini boshqa maqomda qaytishini ham tasavvur qila olaman», — deydi Tebas Give Me Sport nashriga bergan intervyusida.

«Men Neymarning «Barselona»ga qaytishiga hech qachon ishonmayman. Bu borada mutlaqo ishonchim komil», — «Goal» nashri Tebasning so‘zlarini keltirdi.  

Avvalroq Neymar «Barselona»ga qaytishni orzu qilishi va bu uning asosiy maqsadi ekani haqida xabarlar tarqalgandi. Shuningdek, futbolchining vakillari kataloniyaliklar bilan muzokaralar olib borishmoqda.

Manba: championat.com

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter