Italiya kubogi. «Yuventus» «Empoli»ga penaltilar seriyasida yutqazib qo‘ydi va turnir bilan xayrlashdi
«Yuventus» Italiya Kubogi 1/4 finalidan o‘rin olgan «Empoli»ga qarshi bahsda mag‘lubiyatga uchradi. O‘yin Turindagi «Alyans» stadionida bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvning 24-daqiqasida mehmonlar yarim himoyachisi Yusef Malex hisobni ochdi. Turinliklar ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘lishdi – Kefren Tyuram o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. Penaltilar seriyasida «Empoli» futbolchilari aniqroq bo‘lishdi – 4:2.
Yarim finalda «Empoli» «Bolonya» bilan o‘ynaydi.
Manba: www.stadion.uz.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/