London klublari braziliyalik futbolchiga da’vogar

Braziliyaning «Korintians» klubi yarim himoyachisi Breno Bidonga Angliya Premyer-ligasi klublari orasida talab katta, deb xabar beradi Bolavip.

Jurnalistlarning yozishicha, 20 yoshli yarim himoyachining transferiga Londonning “Tottenxem” va “Arsenal” klublari qiziqish bildirmoqda.

Futbolchining nomi tilga olingan klublardan biriga transferi yozgi transfer oynasida yakunlanishi mumkin.

Bidon «Korintians»da 2024 yilning bahoridan beri o‘ynab kelmoqda. Futbolchining shartnomasi 2029 yilning oxirigacha mo‘ljallangan.

Transfermarkt futbolchining bozor narxini sakkiz million yevroga baholamoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter