Sarri yozda «Milan»ni boshqarishi mumkin

Maurisio Sarri mavsum oxirida «Milan» bosh murabbiyi lavozimini egallashi mumkin. Bu haqda Milan Press xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Joffre Monkada o‘rniga «rossonerilar»ning yangi texnik direktori lavozimiga «Tottenxem» va Turin klubida avval ishlagan Fabio Paratichi bo‘lsa, «Yuventus», «Chelsi» va «Napoli»ning sobiq bosh murabbiyi tayinlanish ehtimoli ortadi.

Ushbu haftada “Milan” “Feyenoord” bilan pley-off o‘yinidan so‘ng Chempionlar ligasidan chiqib ketdi.

A Seriyada 24 o‘yindan so‘ng Serjiu Konseysau boshchiligidagi jamoa 7-o‘rinda bormoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter