«Liverpul» himoyachisi uzoq vaqtga safdan chiqdi
«Liverpul» himoyachisi Jo Gomes yaqinda safga qaytdi va Angliya kubogi doirasida «Plimut«ga qarshi o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushdi. Futbolchi maydonda taxminan o‘n daqiqa o‘ynadi, keyin yana o‘sha tizza osti payidan jarohat oldi.
«The Times» xabariga ko‘ra, «Liverpul» 27 yoshli Gomesni qo‘shimcha tekshiruvga yuboradi. Himoyachining tiklanishi uchun qancha vaqt kerak bo‘lishiga aniqlik kiritilmagan. Shu bilan birga, Jo Premyer-ligada qolgan turnir qismining katta qismini o‘tkazib yuborishi aytilmoqda.
«Liverpul» ikkinchi o‘rindagi «Arsenal»ni 7 ochkoga ortda qoldirib, Angliya chempionatida yaqqol peshqadamlik qilmoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/