«Galatasaroy» APLdan yarim himoyachi sotib oldi

Taniqli yarim himoyachi Mario Lemina «Vulverxempton«dan «Galatasaroy«ga o‘tdi. 31 yoshli gabonlik yarim himoyachining transferi tafsilotlari, uning «sherlar» bilan imzolagan shartnomasi ham hozircha oshkor etilmagan.

Joriy mavsumda Lemina «bo‘rilar» safida barcha musobaqalarda 19 ta o‘yin o‘tkazdi. Ularda u bitta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter