Tuxel yosh futbolchini yig‘inga chaqirdi
Tomas Tuxel Angliya terma jamoasi boshqaruvidagi ilk o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Mart oyida «Uch sherlar» JCH-2026 saralash bosqichi doirasida Albaniya va Latviya terma jamoalariga qarshi o‘yin o‘tkazadi, taniqli jurnalist Pol Joysning so‘zlariga ko‘ra, Tuxel 18 yoshli Mayl Lyuis-Skellini Angliya terma jamoasiga chaqirishni rejalashtirgan.
Yosh futbolchi so‘nggi paytlarda «Arsenal»da yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda. Bir kun oldin u «kanonirlar» safidagi debyut golini urib, «Manchester Siti» darvozasini ishg‘ol qildi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/