«MYU» futbolchisi Portugaliya chempionatiga yo‘l olishi mumkin
Tirell Malasia Portugaliya chempionatiga o‘tishi mumkin.
«Benfika» «Manchester Yunayted» bilan 25 yoshli himoyachining transferi borasida muzokaralar olib bormoqda.
«Record» xabariga ko‘ra, Portugaliya klubi niderlandiyalik futbolchini joriy mavsum oxirigacha ijaraga olmoqchi.
Tirell Malasia joriy mavsumda Premyer-ligada uchta o‘yin o‘tkazdi.
U 2022 yilda 15+2 million yevro evaziga «Manchester Yunayted»ga o‘tgandi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/