«Brest» murabbiyi: «Kilian eng yaxshi formada emas, hammasi joyida»
«Brest» bosh murabbiyi «Real»ga qarshi o‘yin oldidan Kilian Mbappening formasi haqida hazil qildi.
Madridning “Real” klubi forvardi La Liganing 21-turida “Valyadolid”ga qarshi o‘yinda (3:0) xet-trik qayd etdi. Chorshanba kuni «Brest» Chempionlar Ligasi doirasida «Real»ni qabul qiladi.
«Kilian eng yaxshi formada emas, hammasi joyida.
«Real»ga qarshi o‘ynash uchun eng yaxshi vaziyatdamiz deb o‘ylamayman, chunki ular ajoyib formada. Lekin har holda, bu uchrashuv chempionatda o‘zimizni biroz yaxshi his qilayotgan bir paytga to‘g‘ri keldi.
Texnik va taktik jihatdan tahlil qilinishi va futbolchilarga yetkazilishi kerak bo‘lgan jihatlar bo‘lsa ham, tayyorlanishi juda oson bo‘lgan o‘yin bo‘ladi», – deya qo‘shimcha qildi «Brest» bosh murabbiyi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/