«Tottenxem» APLda 15-o‘ringa tushib ketdi

«Tottenxem» bir oydan beri Premyer-ligada g‘alaba qozona olmayapti.

Ange Postekoglu shogirdlari o‘z maydonida Rud van Nistelroy boshchiligidagi «Lester«ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ular chempionatning oldingi 7 uchrashuvida ham mag‘lub bo‘lgandi.

«Shporlar» qish boshidan buyon ligada faqat bitta o‘yinda g‘alaba qozondi – 15 dekabr kuni «Sautgempton» ustidan 5:0 hisobida. Shuningdek, bu davrda ikkita durang va sakkizta mag‘lubiyat bor.

«Tottenxem» APLda 23 o‘yindan so‘ng 24 ochko bilan 15-o‘rinda bormoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter