Fabrisio Romano: «Chelsi» futbolchisi «Yuventus»ga o‘tadi

Londonning «Chelsi» klubi himoyachisi Renatu Veyga Italiya chempionatiga o‘tdi. 21 yoshli portugaliyalik himoyachi Turinning «Yuventus» klubi futbolchisiga aylandi, bu haqda insayder Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoq orqali xabar berdi.

«Keksa sinyora» futbolchini 2024/2025 yilgi mavsum oxirigacha ijaraga oldi. Italiyalik futbolchi uchun besh million yevro to‘langan. Shartnoma sotib olish imkoniyatini o‘z ichiga olmaydi.

Veyga o‘tgan yozda «Chelsi»ga o‘tgan edi. O‘shandan beri himoyachi londonliklar safida 18 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Renatu va inglizlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2031 yilda yakuniga yetadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter