«Atletik» darvozaboni Mbappening penaltisi haqida fikr bildirdi.
Bilbaoning «Atletik» klubi darvozaboni Xulen Agirresabala La Liganing 19-turidan o‘rin olgan o‘yinda «Real»ning fransiyalik hujumchisi Kilian Mbappening penaltisini qaytarganligi haqida gapirdi. Uchrashuv 2:1 hisobida baskliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi.
«Men Mbappening oxirgi penaltini xato qilganini bilardim va bu safar ham xuddi shunday zarbani amalga oshirishga qaror qiladi deb o‘yladim. Shunday bo‘ldi», – deya Axirresabala so‘zlarini keltiradi «Relevo».
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/