«Paxtakor»ning «Al-Ayn»ga qarshi o‘zaro o‘yinlardagi statistikasi qanday? (Prevyu)

3 dekabr kuni «Paxtakor» Elit Chempionlar Ligasi 6-turida BAAning «Al-Ayn» jamoasini qabul qiladi.

Ushbu jamoaga qarshi «Sherlar» 6 marta to‘qnash kelishgan. Unda 3 g‘alaba, 2 mag‘lubiyat va 1 durang natija kuzatilgan. Har ikki jamoa 8 tadan gol urgan. O‘zbek klublaridan faqat «Paxtakor» «Al-Ayn»ni mag‘lub etishning uddasidan chiqqan.

«Al-Ayn»ni hozirda tajribali mutaxassis Leonardo Jardim boshqarmoqda. U yaqinda ushbu klubda ishga kirishdi. Ushbu klub OCHLning amaldagi g‘olibi sanaladi. Jardim 2021 yil «Hilol» bilan Chempionlar Ligasida zafar quchgan.

«Paxtakor» va «Al-Ayn» jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 3 dekabr, seshanba kuni «JAR» stadionida soat 19:00da boshlanadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter