Yurtimiz mezbonligida o‘tadigan jahon kubogida qaysi vakillarimiz ishtirok etishi aniq bo‘ldi

15-17 noyabr kunlari poytaxtimizda qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon kubogi bosqichi bo‘lib o‘tadi. Ushbu musobaqada 15 ta davlatdan 200 ga yaqin sportchi g‘oliblik uchun kurashadi. Mazkur turnirda O‘zbekiston sharafini Zuhriddin Qodirov, Musa Aymuratov, Islambek Abdazov, Alpamis Urakbayev, Fernanda Errera, Gulistan Perdibayeva, Nargiza Jaksibayeva va boshqa sportchilar himoya qilishadi.

Musobaqa taqvimi qo‘yidagicha:
15 noyabr: qizlar o‘rtasida yakkalik bahslari;
16 noyabr: yigitlar o‘rtasida yakkalik bahslari;
17 noyabr: qizlar va yigitlar o‘rtasida jamoaviy bahslar.

Ma’lumot uchun, bellashuvlar «Yoshlik» sport kompleksida o‘tkaziladi.

Manba: Olympic.uz

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter