Konor Makgregor jinsiy zo‘ravonlikda ayblanmoqda
Irlandiyaning Dublin shahrida 5 noyabr kuni ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregorga oid zo‘ravonlik ishi ko‘rib chiqildi.
Jabrlanuvchining, ya’ni sartarosh Nikita Laymxinning ta’kidlashicha, 2018 yil 9 dekabr kuni Makgregor va uning do‘sti Jeyms Lourens unga jinsiy zo‘ravonlik qilgan.
Rojdestvo bayrami munosabati bilan o‘tkazilgan ziyofatdan so‘ng, ni Laymxin Makgregor bilan bog‘langan va u Nikitani dugonasi bilan birga shaxsiy avtomashinasida olib ketgan. Ma’lum bo‘lishicha, o‘sha kecha irlandiyalik jangchida giyohvand moddalar solingan paket bo‘lgan. Biroz vaqt o‘tgach, ular Jeyms Lourensning uyiga yetib borgan va Makgregor Nikitaga tegajog‘liq qila boshlagan. Natijada, Konor unga jismoniy kuch ishlatgan.
Hodisa oqibatida Nikita turli tan jarohatlari olgan. Ni Laymxin Konordan tovon puli talab qilmoqda. Irlandiyalik sportchining advokatlari ayol tovlamachilik va firibgarlik bilan shug‘ullanishini ta’kidlagan. Keyingi sud majlisi ikki hafta ichida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Manba: www.daryo.uz
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/