Podolski: «Arteta doim futbolga sodiq bo‘lgan»

Londonning «Arsenal» klubi sobiq hujumchisi Lukash Podolski ingliz klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta haqida gapirdi.

«Meni Arteta o‘ynaydigan futbol qiziqtiradi. Ha, biz u bilan klubda uchrashgan edik, o‘shanda ham u bu o‘yinga sodiq edi. U doimo taktika, natijalar haqida gapirardi, ba’zida biz kiyinish xonasida dam olishni xohlardik, lekin u uchun faqat futbol bor edi, u allaqachon o‘z qarashlariga ega edi. «Arsenal»ning bunday uslubda o‘ynashidan hayron emasman», – deydi Podolski.

10 turdan keyin Mikel Arteta shogirdlari Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida atigi beshinchi o‘rinni egallab turishibdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter