Suvga sakrash. Hamyurtimiz Tataristondagi turnirda sovrindor bo‘ldi

Tatariston markazi Qozon shahrida suvga sakrash bo‘yicha «Tatariston raisi kubogi» musobaqasi o‘tkazilmoqda.

Turnirning 3 metr balandlikdan sakrash dasturida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Vyacheslav Kachanov ham ishtirok etdi.

U ushbu dasturda 406,35 ball jamg‘ardi va yakunda kumush medalga ega chiqdi.

Ta’kidlash joiz, Vyacheslav Kachanov o‘smirlar o‘rtasida 2021 yilgi Yevropa chempionati g‘olibi hisoblanadi. U 2023 yil yozidan buyon O‘zbekiston sharafini himoya qilmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter