Amorim Pepning «Siti»dan ketishini kutishni istamadi va «Manchester Yunayted»ni boshqarish niyatida
Ruben Amorim Pep Gvardiolaning «Manchester Siti»ni tark etishini kutmadi va «Manchester Yunayted»ni boshqaradi.
Avvalroq, 39 yoshli portugaliyalik mutaxassis «Manchester Yunayted» bilan muzokaralar olib borayotgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi.
Amorim Gvardiolaning «Manchester Siti»dagi ehtimoliy o‘rinbosarlari qatoriga kiritilgandi.
«Caughtoffside» xabariga ko‘ra, «Sporting» bosh murabbiyi «shaharliklar»ga qiziqishlari uchun minnatdorchilik bildirgan, biroq ispaniyalikning ketishini kutishni istamagan va endi «Manchester Yunayted»ni boshqarishni istayotganini aytgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/