Arsen Venger: «Xoland – yirtqich hayvon»
Londonning «Arsenal» klubi sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger «Manchester Siti» markaziy hujumchisi Erling Xoland haqida gapirdi.
«Erling – yirtqich hayvon. Unda qotillik instinkti bor. Xoland aql bovar qilmaydigan gollar uradi. Yana shuni ta’kidlash joizki, uning faoliyati endigina boshlangan. U hali 13-14 yil o‘ynaydi. Buni tasavvur qilish qiyin», – dedi fransuz mutaxassisi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/