Emeri buyuk ispanlar ishini takrorlamoqda
“Aston Villa” jamoasi ustozi Unai Emeri ispaniyalik murabbiylar ichida nom qozonib borishda davom etadi.
Seshanba kuni Birmingem jamoasi o‘z maydonida Italiyaning «Bolonya» jamoasini Jon Makginn va Jon Dyuranning gollari evaziga mag‘lub etdi (2:0).
Emeri murabbiy sifatida Chempionlar Ligasining 25 ta o‘yinida g‘alabaga ega.
Squawka qayd etganidek, 52 yoshli mutaxassis Xosep Gvardiola, Rafael Benites, Visente del Boske va Luis Enrikedan keyin bu ko‘rsatkichga erishgan beshinchi ispaniyalik mutaxassisga aylandi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/