Luis Enrike Arauxoning kamchiligini bilgan
«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike o‘tgan mavsumda YECHL pley-offi doirasidagi «Barselona»ga qarshi pley-off o‘yinidan oldin o‘z futbolchilariga Ronald Arauxodagi kamchilik haqida ma’lumot bergan.
«Arauxo jahon darajasidagi o‘yinchi, lekin u to‘p bilan muomala qilishda eng ko‘p muammoga duch kelgan o‘yinchidir. Har safar to‘p Ronaldga yetib borganida unga pressing qilib, oldidagi bo‘shliqni yoping», – deb o‘z futbolchilariga maslahat bergan Enrike.
O‘sha bahsda Arauxo qizil kartochka olgan. Uchrashuv esa 4:1 hisobida parijliklar foydasiga hal bo‘lgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/