«Chelsi»ning yangi futbolchisi Estevao: «Bir kun kelib men eng yaxshilar qatoriga kiraman»

«Palmeyras» futbolchisi Estevao Villian o‘zining maqsadlari va orzulari haqida gapirdi.

17 yoshli vinger yangi mavsum boshlanishidan oldin Yevropaga ko‘chib o‘tadi – uning transferini «Chelsi» allaqachon amalga oshirib bo‘lgan.

«Men sovrinlarni qo‘lga kiritishni va o‘z salohiyatimni to‘liq ro‘yobga chiqarishni, qo‘limdan kelgan hamma narsani ko‘rsatishni xohlayman. Men jahon chempionati, Premyer-liga, Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishni istayman. Mening eng katta orzum – dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish. Bir kun kelib men eng yaxshilar qatoriga kiraman», – deya Estevaoning so‘zlarini keltiradi Guardian.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter