Fernandesh: «Manchester Yunayted» va terma jamoada vaziyat ikki xil»

Portugaliya terma jamoasi va «Manchester Yunayted»ning hujumkor yarim himoyachisi Brunu Fernandesh o‘zini qanday his qilayotgani haqida gapirdi.

«Men o‘zim uchun gapiraman. «Manchester Yunayted» uchun eng ijobiy vaziyat emas, chunki biz o‘yinlarda g‘alaba qozonmayapmiz va terma jamoadagi vaziyat butunlay boshqacha. Jamoa g‘alaba qozonish uchun maydonga tushadi va rivojlanish dinamikasi yaxshi bo‘lgan joyda o‘zimni juda qulay his qilyapman», – dedi futbolchi.

APLning 7 turidan so‘ng “Manchester Yunayted” 8 ochko jamg‘arib, 14-o‘rinda bormoqda. Oktyabr oyida Portugaliya terma jamoasi Millatlar ligasida ikkita o‘yin o‘tkazadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter