«Chelsi» «PSJ» himoyachisi bilan kuchaymoqchi

Fransiyaning «PSJ» klubi himoyachisi Lukas Beraldo faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirish imkoniyatiga ega. Bu haqda Tribal Football nashri xabar bermoqda.

Jurnalistlarning yozishicha, 20 yoshli futbolchining xizmatlariga Londonning “Chelsi” klubi qiziqish bildirmoqda. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Beraldoning bozor narxi 30 million yevroni tashkil qiladi.

Himoyachi va Parij grandi o‘rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi muddati 2028 yilning iyun oyi oxirigacha hisoblanadi. Fransiya chempionatining joriy mavsumida braziliyalik futbolchi beshta o‘yinda ishtirok etdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter