«Marsel»ning sport direktori hakamlarni tanqid qilgani uchun uchta o‘yinga chetlatildi
Mashhur sobiq himoyachi va «Marsel»ning hozirgi sport direktori Mehdi Benatia «Lion»ga qarshi derbi vaqtida hakamlar ishini tanqid qildi.
«Marsel» himoyachisi Leonardo Balerdi uchrashuvning dastlabki 5 daqiqasida ikkita sariq kartochka olib, maydondan chetlatildi.
«Birinchi bo‘limda va butun o‘yin davomida juda ko‘p shubhali lahzalar bo‘ldi. Janob Bastyen bizga qarshi hakamlik qilishini ko‘rib, xavotirga tushdik», – dedi Benatiya o‘yindan keyin.
Ushbu bayonotlari uchun LFP intizom komissiyasi Mehdini uchta o‘yinga diskvalifikasiya qildi.
Eslatib o‘tamiz, bir kishi kam bo‘lib qolganiga qaramay, marsellik futbolchilar 3:2 hisobida zafar quchgandi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/