Anchelotti: «Kilian ko‘p o‘ynab yubordi»
Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Ispaniya chempionatining 7-turi doirasidagi “Alaves”ga (3:2) qarshi o‘yindan so‘ng hujumchi Kilian Mbappening holati haqida gapirdi.
Hujumchi o‘yinni asosiy tarkibda boshladi, 1 ta gol urdi va 80-daqiqada almashtirildi. O‘yindan so‘ng 25 yoshli fransiyalik futbolchi kichik jarohat olgani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi.
«Kilian biroz ko‘p o‘ynab yubordi va muammoga duch kelmaslik uchun uni almashtirishni so‘radi», – deya Anchelotti so‘zlarini keltiradi AS.
Jamoa safida 9ta o‘yinda maydonga tushgan hujumchi 7ta gol urdi va 1ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/