Kanchelskis «Monako»ning darajasini yuqori baholadi

«Manchester Yunayted»ning sobiq futbolchisi Andrey Kanchelskis «Monako»ning «Barselona» ustidan qozonilgan g‘alabasi haqida fikr bildirdi.

Chempionlar ligasining 1-turida “Monako” o‘z maydonida “Barselona”ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Mutaxassis monakoliklarning g‘alabasi u uchun kutilmagan hol bo‘lmaganini, chunki ular Yevropaning yaxshi klubi ekanligini tan oldi.

«Bir yil oldin ayrim rus mutaxassislari «Monako» Golovin uchun mos klub emasligini aytishgandi.

Ammo o‘sha savolga javobni kechagi «Barselona» bilan o‘yindan topish mumkin edi», – deya Kanchelskisning so‘zlarini keltiradi «Chempionat».

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter